Yaqinda Adliya Vazirligida nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) bilan kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkilotimiz faoliyati yuksak baholandi va tashakkurnoma bilan taqdirlandi, bu esa faoliyatimizning samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.

Milliy mukofot va assambleyaga qabul

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Milliy Prezidenti tomonidan tashkilotimizga milliy mukofot topshirildi. Shu bilan birga, assambleyaga rasmiy qabul qilinib, yig‘ilishda a’zolar tomonidan ovoz berish orqali tasdiqlandi. Bu, tashkilotimizning milliy va xalqaro maydondagi ishonchliligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Xalqaro Kongress qarori

Tadbir yakunida 2027 yilda xalqaro Kongressni O‘zbekistonda o‘tkazish qarori qabul qilindi. Bu voqea nafaqat mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi, balki NNTlar faoliyatini yanada rivojlantirish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *