
O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi – davlat ro‘yxatidan 2021-yil 15-iyulda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respubdikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.
2021-yil 24-avgustda Nodavlat notijorat tashkilotining ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
Huquqiy himoya xizmatlari orqali ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Zo‘ravonlik va diskriminatsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuridik yordam va maslahatlar beriladi.
Uyushma ayollar va qizlarning tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli dasturlarni tashkil qiladi. Bu dasturlar biznes-rejalar tayyorlash, marketing va moliyaviy boshqaruv kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, uyushma ayollarning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash uchun ular bilan hamkorlikda turli tadbirlar va treninglar o‘tkazadi.
Uyushma ayollar va qizlarga turli sohalarda, jumladan huquqiy, tibbiy, psixologik va biznes masalalarida bepul maslahatlar taqdim etadi. Maslahat markazlari orqali professional yondashuv bilan turli muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi.
Uyushma huquqiy va tibbiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha turli seminarlar, treninglar va o‘quv dasturlarini tashkil qiladi. Ayollar va qizlar o‘z huquqlari, sog‘liqni saqlashning asosiy jihatlari, xususan, reproduktiv salomatlik, psixologik yordam kabi masalalarda bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Uyushma ayollar va qizlarning xalqaro darajadagi tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘mak beradi. Turli xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan hamkorlik o‘rnatib, ayollarning global loyihalarda ishtirokini ta’minlashga yordam beradi.
Uyushma ayollar uchun moliyaviy va strategik ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni tashkil etadi. Ular bizneslarini kengaytirishlari uchun grantlar, moliyaviy yordam va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlaydi.
"O‘zbekiston Ayollar va Qizlar Uyushmasi ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyat olib boradi. Biz ayollar va qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirish orqali ularning kelajakdagi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shamiz."
© 2025 All Rights Reserved.