Ozarbayjon Respublikasidagi Xazar universitetida tashkil etilgan tadbirda Turk dunyosining umumiy qadriyatlari va birodarlik rishtalari haqida so‘z yuritildi. 15 ta turli mintaqadan kelgan ishtirokchilar adabiyot, fan, ijtimoiy hayot, boshqaruv va tadbirkorlik masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

Seminarda ayollarning ijtimoiy hayotda yanada faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

“Umayana Turk Dunyo Ayollar Uyushmasi” 2021 yilda tashkil etilgan. Ushbu uyushma turk dunyosidagi ayollarni birlashtirish maqsadida yaratilgan. “Turkligimiz, o‘zligimiz, birlik va qudratimiz” degan shior ostida tuzilgan bu tashkilot bugungi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda.

Har bir turk davlatlarida turli tadbirlar, simpoziumlar o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, kitoblar va nashrlar orqali turk ayolining kuchi, salohiyati har bir mintaqada sezilishi uchun izchil ishlar olib borilmoqda.

Bugungi konferensiyaning maqsadi – Turkiy davlatlardagi rahbar ayollarning uchrashuvini o‘tkazishdir. Bu uchrashuv barcha uchun katta imkoniyat yaratadi, chunki unda turkiy davlatlardan kelgan ayol yetakchilar bilan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish yo‘lida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ayollarimizning bu kuchini birgalikda yanada oldinga olib chiqish, loyihalar va kitoblar ustida ishlash davom etmoqda. Kelajakda yanada go‘zal, foydali ishlarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda qatnashgan ayollar o‘z hududlarida duch kelgan qiyinchiliklar, kurashlar, mashhur shaxslarning hayot yo‘llari hamda ozodlik sari olib borilgan mustaqillik harakatlari tarixini so‘zlab berdilar.

https://youtu.be/5qBywV0HW6s?si=pvRyE1NS14IoD1Ng

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *