O‘zbekistonda hotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida navbatdagi davra-suhbat tashkil etildi.


Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi hamkorligida ishlab chiqilgan “KASANA.UZ” onlayn platformasi taqdimot etildi.


Platforma hunarmand va kasanachilar faoliyatini rivojlantirish, ularning mahsulotlarini onlayn savdo orqali keng iste’molchiga yetkazish hamda hotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, “KASANA.UZ” orqali ayollar va qizlar o‘z mahsulotlarini sotish, hamkor topish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Davra-suhbat ishtirokchilari ta’kidlashicha, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois, ijtimoiy hamkorlik va davlat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan tashabbuslar mamlakatda hotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini kuchaytirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida hotin-qizlarning raqamli platforma orqali tadbirkorlik yo‘nalishidagi imkoniyatlarini kengaytirish, hunarmandchilik va kasanachilik mahsulotlarini mahalliy va xalqaro bozorga chiqarish borasida qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
