Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmonlari assotsiatsiyasi hamkorligida O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasining 20 yillik yubileyi munosabati bilan Navro‘z bayrami tashkil etildi.

Tadbir juda ko‘tarinki kayfiyatda bo’lib o‘tdi. Qatnashchilar uchun bayramona dasturxon yozildi, ochiq osmon ostida milliy taomlar, xususan, sumalak va turli shirinliklar tarqatildi. Mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi, do‘stona muhitda qo‘shiq va raqslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayram nafaqat milliy qadriyat va an’analarimizni ulug‘lash, balki O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, ayniqsa ishbilarmon ayollar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qildi!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *