Mazkur xalqaro tadbirning asosiy maqsadi – ikki davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, ikki mamlakatning boy hunarmandchilik an’analarini targ‘ib qilish, ushbu sohada tajriba almashishni rag‘batlantirish hamda hunarmandchilik mahoratlarini yosh avlodga yetkazishdan iboratdir.

7 sentyabr kuni forum Samarkand shahridagi UNWTO Samarkand turizm akademiyasi konferents-zalida o‘z ishini boshladi. Tadbir doirasida har ikki mamlakatdan madaniyat sohasining mutaxassislari, davlat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek hunarmandlar ishtirok etdi.

Tadbir dasturi doirasida

Forum davomida turli mazmunli tadbirlar o‘tkazildi:

Ustaxonalarga tashriflar – ikki mamlakat hunarmandlari faoliyat olib borayotgan ustaxonalarda tajriba almashish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tashriflar orqali ishtirokchilar ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Ijodiy ko‘rgazma – O‘zbekiston va Ozarbayjon hunarmandlarining badiiy va amaliy san’atga oid asarlari namoyish etildi. Bu ko‘rgazma tomoshabinlarga ikki xalqning boy merosi va an’anaviy hunarlari bilan tanishish imkonini berdi.

Amaliy mashg‘ulotlar (master-klasslar) – ozarbayjonlik mahoratli hunarmandlar tomonidan turli yo‘nalishlarda jonli amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda yoshlar va ishtirokchilar hunarmandchilik sirlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ustaxonalarga tashriflar – ikki mamlakat hunarmandlari faoliyat olib borayotgan ustaxonalarda tajriba almashish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tashriflar orqali ishtirokchilar ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Davra suhbatlari va muloqotlar – davlat idoralari, madaniyat sohasi mutaxassislari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida samarali muloqotlar o‘tkazildi. Suhbatlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Samarkandning tarixiy obidalari bilan tanishuv – ishtirokchilar shaharining madaniy merosi va tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildilar.

Forumda har ikki mamlakatdan davlat organlari vakillari, madaniyat sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda hunarmandlar ishtirok etdilar.

8 sentyabr kuni xalqaro forum o‘z ishini yakunlab, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.